luzamap

Maxfiylik siyosati

Luzamap, Luzamap Admin va Luzamap Boshqaruv ilovalari uchun · Kuchga kirgan sana: 3 oktabr 2026

1. Biz kimmiz

Luzamap — bilyard klublari uchun platforma: mijozlar bo'sh stolni ko'radi va band qiladi, klublar esa stollar, bron, bar va hisobotni yuritadi. Bu siyosat qanday ma'lumot yig'ilishi, nima uchun ishlatilishi va kim ko'rishini tushuntiradi.

2. Qanday ma'lumot yig'iladi

  • Mijozlar (Luzamap ilovasi): ism, telefon raqami, bronlar, bar buyurtmalari va klubdan kelgan xabarlar.
  • Klub egalari va kassirlar (Luzamap Admin): ism, email, klub nomi, manzili va telefoni; o'yinlar, to'lovlar va smena hisobotlari.
  • Joylashuv: faqat «Yaqinimda» yoki «Hozirgi joylashuv» tugmasi bosilganda ishlatiladi. Mijozning joylashuvi serverga yuborilmaydi; klubning joylashuvi esa xaritada ko'rsatish uchun saqlanadi.
  • Texnik ma'lumot: login uchun Firebase identifikatori. Reklama identifikatori va kuzatuv xizmatlari ishlatilmaydi.

3. Nima uchun ishlatiladi

  • Stol band qilish va bron eslatmalari.
  • Buyurtmani stolingizga yetkazish.
  • Klubning siz bilan bog'lanishi va aksiyalar haqida xabarlar.
  • Klub hisob-kitobi va platforma to'lovlarini nazorat qilish.

4. Kim ko'radi

Mijozning telefon raqami, bronlari va buyurtmalarini faqat u bron qilgan yoki a'zo bo'lgan klub xodimlari va Luzamap platformasi ko'radi. Ma'lumotlar sotilmaydi va reklama uchun uchinchi shaxslarga berilmaydi.

Ochiq ko'rinadigan ma'lumotlar: klubga qo'yilgan baho va izoh, Arena bo'limidagi ism (Top o'yinchilar, turnir ro'yxatlari, o'yin izohlari va taxminlari), klub rasmlari va ma'lumotlari. Mijoz Arena'da ismini yashirishi mumkin — o'rniga «O'yinchi» va raqam ko'rsatiladi.

5. Qayerda va qanday saqlanadi

Ma'lumotlar Google Firebase serverlarida (Yevropa) saqlanadi va shifrlangan ulanish (HTTPS) orqali uzatiladi. Kirish huquqlari server qoidalari bilan cheklangan. Parollar Firebase tomonidan shifrlangan holda saqlanadi.

6. Saqlash muddati va o'chirish

Mijoz ilovadagi «Xabarlar» bo'limida «Ma'lumotlarimni o'chirish» tugmasi bilan profil, klub a'zoligi, xabarlar, baholar, Arena profili, turnir ro'yxatlari, izoh va taxminlarini istalgan vaqtda o'chira oladi. O'tgan bron va to'lov yozuvlari klubning buxgalteriya hisobi sifatida qoladi. Klub o'chirilganda uning barcha ma'lumotlari o'chiriladi.

Klub egasi yoki kassir hisobini o'chirish: Google Play'dagi dasturchi emailiga «Hisobni o'chirish» mavzusida, ro'yxatdan o'tgan emailingizdan xat yozing. 7 kun ichida hisob va klub ma'lumotlari o'chiriladi (soliq va buxgalteriya uchun qonun talab qiladigan yozuvlardan tashqari).

7. Bolalar

Ilova 16 yoshdan kichik bolalarga mo'ljallanmagan va ulardan ataylab ma'lumot yig'maydi.

8. Rozilik va o'zgarishlar

Ro'yxatdan o'tib, siz O'zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida»gi qonuniga muvofiq ma'lumotlaringizni shu maqsadlarda qayta ishlashga rozilik bildirasiz. Siyosat o'zgarsa, yangi sana shu sahifada ko'rsatiladi.

9. Aloqa

Savollar va ma'lumotni o'chirish so'rovlari uchun Google Play'dagi ilova sahifasida ko'rsatilgan dasturchi emailiga yozing yoki o'zingiz bron qilgan klub bilan bog'laning.