Bo'sh stol qayerda — oldindan biling

Luzamap yaqin atrofdagi bilyard klublarini, hozir bo'sh turgan stollarni va narxlarni ko'rsatadi. Stolni band qiling, kelganingizda o'ynang, ichimlikni stoldan turib buyurtma qiling.

Luza— bilyard stolidagi cho'ntak. Luzamap — o'yin boshlanadigan joylar xaritasi.

Uch qadamda stolga

Klubga qo'ng'iroq qilib «stol bormi?» deb so'rash, borib navbat kutish shart emas.

1

Klubni toping

Viloyat va tuman bo'yicha yoki «Yaqinimda» tugmasi bilan. Har klubda nechta stol bo'shligi jonli ko'rinadi.

Klubdagi stollar holati
2

Stolni band qiling

Kun va vaqtni tanlang. Klub tasdiqlaydi, boshlanishidan 5 daqiqa oldin eslatma keladi.

Stolni band qilish
3

O'ynang

Stolga ulaning: bardan buyurtma bering, adminni chaqiring, vaqtni uzaytirishni so'rang — hammasi telefondan.

Bardan buyurtma
🏆 Arena: o'yinchilarni bellashuvga chaqiring🎯 Turnirlar va reyting⭐ Ball yig'ib chegirma oling💬 Klubga to'g'ridan-to'g'ri yozing🔥 Bo'sh soat chegirmalari

Klub uchun: daftar o'rniga bitta ekran

Stollar, bronlar, bar va kassa bir joyda. Telefon yoki Windows kompyuterda ishlaydi, egasi esa uydan ham ko'rib turadi.

Luzamap Admin Windows ilovasi: stollar va kelgan so'rovlar

Windows ilovasi: o'rtada stollar va taymerlar, o'ngda mijozlardan kelgan chaqiruv, buyurtma va bronlar.

Vaqt va summa o'zi hisoblanadi

Har stolga taymer, kunduzgi va kechki tarif, pauza, stolni ko'chirish. «Yakunlash» bosilganda o'yin, bar, xizmat haqi va chegirma bitta chekka yig'iladi.

Chiroq taymer bilan birga

Stol boshlanganda chiroq yonadi, yakunlanganda o'chadi. Taymersiz o'ynab bo'lmaydi — kassir ham, mijoz ham.

Stol 3 · bo'sh, chiroq o'chiq

Mijozlar o'zi keladi

Klubingiz Luzamap xaritasida chiqadi. Bron, bar buyurtmasi va «adminni chaqirish» kassaga darhol yetib keladi — ovozli signal bilan.

Pul qayerga ketganini bilasiz

  • Kunlik, haftalik, oylik tushum va Excel
  • Kassir smenalari va har bir amal jurnali
  • Bar ombori: kirim, qoldiq, sanash
  • Har kecha Telegram'ga hisobot
Daftar va kalkulyator
Luzamap
Boshlanish vaqti qo'lda yoziladi, adashsa — yo'qotish
Taymer va summa avtomatik, o'chirilgan o'yin ham jurnalda
Chiroqni kassir o'zi yoqib-o'chiradi
Chiroq faqat taymer ishlaganda yonadi
Bron telefon orqali, ko'pincha unutiladi
Bron jadvalda, kelmasa 5 daqiqada o'zi bekor bo'ladi
Kecha qancha tushganini ertasi kuni bilasiz
Tushum telefoningizda jonli, kechqurun Telegram'da

Kechqurungi bronlar bir qarashda

Har stol bir qator. Tasdiqlanganlari yashil, kutayotganlari sariq — bir bosishda tasdiqlanadi. Qizil chiziq hozirgi vaqt.

Bronlar jadvali

Yuklab oling

Klub egasi ro'yxatdan o'zi o'tadi va bepul sinov davri bilan darhol ishlay boshlaydi.

Klub · Android

Luzamap Admin

Kassa telefoni yoki planshet uchun. Ilova yopiq bo'lsa ham bron va chaqiruvlar haqida signal beradi.

Android uchun yuklab olish
Klub · Windows

Luzamap Admin

Kassa kompyuteri uchun: katta ekran, chek printeri va chiroq relesi bilan.

Windows uchun yuklab olish
O'yinchi

Luzamap

Google Play'da tez orada. Hozircha istalgan telefon brauzerida, iPhone'da ham to'liq ishlaydi.

Brauzerda ochish

Fayllar ZIP ichida keladi: oching va ichidagi faylni ishga tushiring. Telefon «noma'lum manbadan o'rnatish»ga ruxsat so'rashi mumkin — Google Play'dan tashqaridagi ilovalar uchun bu odatiy.

Klubingizni ulamoqchimisiz yoki savol bormi? Yozing — ulashda yordam beramiz.

Telegram · @luzamap Instagram · @luzamap

Ko'p beriladigan savollar

O'yinchi uchun pullikmi?

Yo'q. Klublarni ko'rish, bron qilish va bardan buyurtma berish bepul.

Klub uchun qancha turadi?

Klub bepul sinov davri bilan boshlaydi, bu vaqtda barcha imkoniyatlar ochiq. Tariflar ilovadagi «Tarif» bo'limida ko'rsatilgan.

Chiroqni avtomatik boshqarish uchun nima kerak?

Har stol chirog'iga Wi‑Fi rele (Sonoff, Shelly) yoki bitta 8 kanalli ESP32 qutisi va elektrik. Ilova rele turini o'zi aniqlaydi.

Internet uzilib qolsa-chi?

Taymerlar ishlashda davom etadi. Yuborilmagan yozuvlar ilovada ko'rinib turadi va internet qaytishi bilan serverga yuboriladi.

iPhone'da ishlaydimi?

Ha, o'yinchilar uchun brauzer versiyasi bor: luzamap.uz/app. Uni bosh ekranga qo'shib, ilova kabi ochish mumkin.

Ma'lumotlarim kimga ko'rinadi?

Ismingiz va telefoningizni faqat siz bron qilgan klub ko'radi. Batafsil: maxfiylik siyosati.