LuzamapLuzamap
Bilyard · Luzamap

Bilyard klub uchun dastur

Har stol, har daqiqa va har so'm — hisobda. Admin yozishni «unutsa» ham, siz hammasini telefoningizda ko'rasiz.

Bilyard klub uchun dastur

Nimalar qila oladi

Har stolga taymer

Vaqt va summa o'zi hisoblanadi: kunduzgi va tungi tarif, pauza, stolni ko'chirish.

Chiroq o'zi yonadi

Wi-Fi rele: o'yin boshlansa stol chirog'i yonadi, tugasa o'chadi. Yashirin o'yin bo'lmaydi.

Bar stol hisobiga

Choy, ichimlik, sneklar chekka qo'shiladi, ombordagi qoldiq o'zi kamayadi.

Kassa va smena

Smena ochish-yopish, kassani kupyura bo'yicha sanash, kamomad darhol ko'rinadi.

Bron jadvali

Mijozlar bo'sh stolni ilovada ko'rib bron qiladi, ustma-ust bron bo'lmaydi.

Egasiga hisobot

Tushum telefoningizda jonli, har kecha Telegram'ga kunlik hisobot keladi.

Qanday boshlanadi

1Ariza qoldirasiz — 1 daqiqa
2Biz qo'ng'iroq qilib, bepul sozlab beramiz
314 kun bepul ishlatasiz, keyin tarif tanlaysiz

Narx

Ulash bepul, 14 kun bepul. Keyin tushumdan 5% yoki qat'iy tarif:
50 000 so'm / stol / oy
Kalkulyatorda hisoblash

Ko'p beriladigan savollar

Bilyard klub dasturi qancha turadi?

Ulash va 14 kunlik sinov bepul. Keyin tushumdan 5% yoki qat'iy oylik tarif: 1 bilyard stoli — oyiga 50 000 so'm (Standart). Aniq summani saytdagi kalkulyatorda hisoblang.

Internet uzilsa nima bo'ladi?

Taymerlar va kassa ishlashda davom etadi, yozuvlar internet qaytishi bilan o'zi yuboriladi.

Qaysi qurilmalarda ishlaydi?

Android telefon yoki planshet va Windows kompyuter. Egasi hamma narsani telefonida ko'radi.

Chiroqni avtomatik boshqarish uchun nima kerak?

Har stol chirog'iga Wi-Fi rele (Sonoff, Shelly) yoki bitta 8 kanalli ESP32 qutisi. Sozlashga yordam beramiz.

Boshqa klublar uchun

PS klubGame klubFutbol maydoniFitnes zal

Bilyard klub uchun dastur