Sport joyini toping — bo'sh vaqtni bir bosishda band qiling
Bilyard, PlayStation, game klub, futbol maydoni, stol tennisi, karaoke va fitnes zal — yaqin atrofdagi bo'sh joylarni jonli ko'ring, bron qiling va telefoningizdan buyurtma bering.
Bilyard
Futbol maydoni
Fitnes zal
Karaoke va VIPKlubingizni bitta ekrandan boshqaring
Joylar va taymer, bron, buyurtmalar, bar va ombor, xodimlar, kassa va hisobot, fitnes zal abonementlari — telefon, planshet va Windows kompyuterda. Yangi mijozlar esa sizni Luzamap xaritasidan topadi.
Qayerda o'ynash yoki shug'ullanishni tanlang
Yaqin atrofdagi klublar, maydonlar va zallar — narxi, bo'sh joyi va manzili bilan.

Bilyard
Pul, rus bilyardi, snuker — bo'sh stol va narx.
PlayStation
PS4/PS5 o'rinlari, qolgan vaqt telefoningizda.

Game klublar
Kompyuterlar, VIP zonalar va paketlar.

Futbol va futzal
Jamoa bilan maydon, har hafta bir vaqtda.

Fitnes zallar
Abonement, zal bandligi va mashqlar texnikasi.

Stol tennisi
Har stol alohida, bron va buyurtma.

Karaoke va VIP
Kompaniya uchun xonani soatbay band qiling.

Mini stadionlar
Soatlik jadval va qulayliklar.
Hozir Luzamap'da
Raqamlar klublardagi stollar, maydonlar va xonalardan jonli olinadi.
Luzamap kengaymoqda — har hafta yangi klublar va zallar qo'shilmoqda. Ilovani yuklab oling: yaqiningizda klub ulanishi bilan xaritada ko'rasiz.
Vaqtingizni tejaydi, telefoningizni og'irlashtirmaydi

Yengil va tez
Ilova atigi 3 MB — eski telefonda ham tez ishlaydi va xotirani band qilmaydi. iPhone bo'lsa — brauzerda yoki Telegram'da ochasiz.

Butunlay bepul
Qidirish, bron qilish, buyurtma berish — hech qanday to'lovsiz.

Bo'sh joy — jonli
Qo'ng'iroq qilib «joy bormi?» deb so'rash shart emas: nechta stol yoki maydon bo'shligi darhol ko'rinadi.

Bron va eslatma
Kun va soatni tanlaysiz, klub tasdiqlaydi, boshlanishidan oldin eslatma keladi.

Telefondan buyurtma
Stolingizdan bar, xizmat yoki adminni chaqirish — o'rningizdan turmasdan.

Fitnes uchun qulay
Abonementingiz, qolgan kunlar, zalda hozir necha kishi borligi va 74 ta mashq texnikasi — mushak guruhi va maqsad bo'yicha.

Ball va chegirmalar
Har o'yin uchun ball yig'ing, bo'sh soatlarda arzonroq o'ynang.

Arena va turnirlar
Do'stlar bilan musobaqa, reyting va turnirlar.
Uch qadamda o'yinga
Klubga qo'ng'iroq qilish, borib navbat kutish shart emas.
Joyni toping
Sport turi, shahar yoki «Yaqinimda» bo'yicha. Har joyda nechta stol yoki maydon bo'shligi jonli ko'rinadi.

Vaqtni band qiling
Kun, soat va davomiylikni tanlang. Klub tasdiqlaydi, boshlanishidan oldin eslatma keladi.

O'ynang
Joyingizga ulaning: bardan buyurtma bering, adminni chaqiring, vaqtni uzaytirishni so'rang — hammasi telefondan.

74 ta mashq — rasm va animatsiya bilan
Zalda bor uskunaga mos mashqlar: qaysi mushak ishlaydi, qanday bajariladi va qancha yondashuv kerak.
- Mushak guruhlari: ko'krak, orqa, oyoq va dumba, yelka, qo'llar, qorin, kardio.
- Maqsad bo'yicha filtr: mushak, ozish, uyda, kuch.
- Tayyor rejalar va mashq daftari — har yondashuvingiz saqlanadi.


Hoziroq yuklab oling — 3 MB va 10 soniya
Android uchun ilova, iPhone uchun brauzer versiyasi yoki Telegram — qaysi qulay bo'lsa. Ro'yxatdan o'tish faqat ism va telefon raqami bilan.
- Bepul, reklamasiz
- Eski telefonlarda ham tez
- O'zbek va rus tillarida
Android uchun yuklab olish
iPhone / brauzerda ochish
Telegram'da ochish · @LuzaGobot
Android «noma'lum manbadan o'rnatish»ga ruxsat so'rasa — ruxsat bering, bu Google Play'dan tashqaridagi ilovalar uchun odatiy.
Har bir bo'lim qanday ishlaydi
Bilyard, PS, game klub, maydon, karaoke yoki fitnes zal — kerakli bo'limlar klubingiz turiga qarab o'zi yoqiladi, keraksizlari ko'rinmaydi.

Joylar va taymer
- Stol, PS, kompyuter, maydon yoki xonalarni qo'shasiz — har biriga narx yoki umumiy tarif.
- «Boshlash» — taymer va summa o'zi hisoblanadi: pauza, ko'chirish, vaqtli yoki ochiq o'yin.
- «Yakunlash» — o'yin, bar, xizmat haqi va chegirma bitta chekda.

Bron jadvali
- Mijoz ilovadan bron qiladi — kassada signal, Telegram'ga xabar keladi.
- Jadvalda bir bosishda tasdiqlaysiz yoki rad etasiz; ustma-ust bron bo'lmaydi.
- Mijoz kelmasa bron o'zi bekor bo'ladi; maydonlarga haftalik doimiy bron.

Buyurtmalar
- Mijoz o'z joyidan bar va xizmatlarni telefonidan buyurtma qiladi.
- Kassir «Qabul qildim» — summa o'sha joy hisobiga o'zi qo'shiladi.
- Adminni chaqirish va vaqtni uzaytirish so'rovlari ham shu yerga keladi.

Bar, xizmatlar va ombor
- Ichimlik, ovqat, kiyim yoki xizmatlarni narxi bilan qo'shasiz.
- Kirim, qoldiq va sanash — har sotuvda qoldiq o'zi kamayadi.
- Tugagan tovarni mijoz ham, kassir ham buyurtma qila olmaydi.

Mijozlar bazasi
- Har tashrif mijoz kartasiga yoziladi: necha marta kelgan, qancha sarflagan.
- Doimiy mijozlarga chegirma va ball beriladi.
- Aksiya va yangiliklarni mijozlarga bir bosishda yuborasiz.

Xodimlar va ruxsatlar
- Har kassirga alohida login va parol beriladi.
- Kim nima qila olishini o'zingiz belgilaysiz: chegirma, o'chirish, sozlama, hisobot.
- Har amal jurnalda, smena ochish va yopish kassa bilan.

Kassa va hisobot
- Kunlik, haftalik va oylik tushum, bandlik xaritasi, Excel'ga yuklash.
- Smena: kassani kupyura bo'yicha sanash, kamomad va Z-hisobot.
- Har kecha tushum hisoboti Telegram'ingizga keladi.

Fitnes zal
- Abonement turlari: muddat, tashriflar soni, narx — mijoz ilovadan sotib olish so'rovini yuboradi.
- Mijoz «Keldim» ni bosadi, kassir tasdiqlaydi — zalda hozir necha kishi borligi ko'rinadi.
- Darslar jadvali, murabbiylar, uskunalar va mijozlar uchun 74 ta mashq rasm va animatsiya bilan.

Chiroq va TV
- Har stol chirog'iga Wi‑Fi rele (Sonoff, Shelly) yoki 8 kanalli ESP32 qutisi.
- O'yin boshlansa chiroq yonadi, tugasa o'zi o'chadi.
- PS va karaoke televizori (Luzamap TV) hamda game klub kompyuterlari (Luzamap PC) vaqt tugaganda qulflanadi.

Telegram va bildirishnomalar
- @LuzaMapbot'ni bir bosishda ulaysiz.
- Yangi bron, buyurtma va yangi qurilmadan kirish haqida darhol xabar.
- Ilova yopiq bo'lsa ham telefon signal beradi.

Klub sahifasi va xarita
- Rasmlar, manzil, ish vaqti, qulayliklar va narxlar.
- Mijozlar sizni xaritada va qidiruvda topadi, bo'sh joyni jonli ko'radi.
- Baho va sharhlar orqali ishonch oshadi.

Internetsiz ishlash
- Internet uzilsa ham taymerlar va kassa ishlashda davom etadi.
- Yuborilmagan yozuvlar ilovada ko'rinib turadi.
- Internet qaytishi bilan hammasi serverga o'zi yuboriladi. Kompyuter va TV qulfi mahalliy tarmoqda ham ishlaydi.
Windows uchun to'liq versiya
Katta ekranda butun zal, bar, hisobot va smena — chek printeri va chiroq relesi bilan. Telefon versiyasi bilan bir xil ma'lumot, bir vaqtda.

Zal xaritasi
- Stollar zaldagi haqiqiy joyida: zonalar, taymer va summa bir qarashda.
- Sichqoncha bilan sudrab joylashtirasiz, F1–F9 tugmalari bilan tez ishlash.
- Yonida: tez orada bo'shaydiganlar, bugungi bronlar va so'nggi harakatlar.
Bar / Kassa
- Mahsulot kartalari va toifalar — bir bosishda chekka qo'shiladi.
- «Kimga»: stolsiz sotuv yoki o'ynayotgan stol hisobiga yozish.
- Naqd, karta, Click yoki Payme; Enter — sotish, ombor o'zi kamayadi.
Hisobot
- Tushum, o'yin vaqti va bar foydasi — o'tgan davr bilan solishtirib.
- Bandlik xaritasi: qaysi kun va soat gavjum, qachon chegirma qilish kerak.
- Joylar samaradorligi, foydali tovarlar va kassirlar bo'yicha kamomad.
Smena
- Kassir smenani ochadi va yopadi, hamma sotuv shu smenaga yoziladi.
- Kassani kupyura bo'yicha sanash — kamomad yoki ortiqcha darhol ko'rinadi.
- Z-hisobot printerga, natija egasining Telegram'iga keladi.
Vaqt tugadi — ekran o'zi qulflanadi
«Yana 5 daqiqa» bahslari va hisobsiz o'yin tugaydi: kompyuter va televizor kassa bilan bog'langan.

Kompyuter qulfi
- Vaqt ochilmaguncha kompyuter qulf, tugashiga 10, 5 va 1 daqiqa qolganda ogohlantirish.
- Admin kassadan ochadi, yopadi, xabar yuboradi yoki o'chirib qo'yadi.
- Internet bo'lmasa ham ishlaydi — kassa bilan mahalliy tarmoq (LAN) orqali.


O'yinlar menyusi va taymer
- Steam, Epic va o'yinlar papkasi — hammasi bitta chiroyli menyuda.
- Burchakda qolgan vaqt va summa ko'rinib turadi.
- «Bar» va «Admin» tugmalari — buyurtma va chaqiruv kassaga keladi.

PlayStation va karaoke
- Vaqt tugasa televizor ekrani qulflanadi, ochilsa o'yin davom etadi.
- Qulf ekranida narxlar va paketlar, ekranda taymer va ogohlantirishlar.
- Televizorni kassaga 6 xonali kod bilan bir marta ulaysiz.
Butun klub — bitta qarashda
Qaysi joy bo'sh, qayerda o'yin ketyapti va qancha vaqt qoldi, nima bron qilingan — kassada va egasining telefonida.
- Bo'sh
- Band, vaqt ketyapti
- Bron qilingan
Stol 1
Stol 2
Maydon
Tennis
VIPNarx ochiq — o'zingiz hisoblang
Ulash va sozlash bepul. Avval 14 kun bepul ishlating, keyin o'zingizga qulay to'lov usulini tanlang.
1. Klubingizda nechta joy bor?
Fitnes zal2. O'rtacha kunlik tushum
O'yin va bar savdosi birga, taxminan. Oyiga 30 kun deb hisoblanadi.
3. Tarif
Eng kam oylik to'lov — 150 000 so'm. Oldindan to'lasangiz: 3 oy −5%, 6 oy −10%, 12 oy −20%. To'lovni istalgan oy almashtirish yoki to'xtatish mumkin.
To'rt qadamda ishga tushasiz
Ariza qoldiring
Ism va telefon — biz qo'ng'iroq qilib, klubingizga mos sozlashni tushuntiramiz.
Ilovani o'rnating
Kassa telefoni, planshet yoki Windows kompyuterga. Klubni o'zingiz ham ro'yxatdan o'tkaza olasiz.
Joylar va narxlarni kiriting
Stollar, maydonlar yoki abonementlar, bar menyusi — 10 daqiqa.
Ishlay boshlang
Kassirlarni qo'shing — mijozlar sizni xaritada ko'radi va bron qiladi.
Klubingizni Luzamap'ga qo'shing
Ism va telefon raqamingizni qoldiring — biz qo'ng'iroq qilib, klubingiz uchun qanday ishlashini ko'rsatamiz va ulashga yordam beramiz.
- Bepul maslahat va ko'rsatib berish
- Joylar, narxlar va kassirlarni birga sozlaymiz
- Bir ish kuni ichida qo'ng'iroq qilamiz
Klub uchun ilovalar
Klubni o'zingiz ham ro'yxatdan o'tkazib, darhol ishlay boshlashingiz mumkin.
Klub · AndroidLuzamap Admin
Kassa telefoni yoki planshet uchun. Ilova yopiq bo'lsa ham bron va chaqiruvlar haqida signal beradi.
Klub · WindowsLuzamap Admin
Kassa kompyuteri uchun: katta ekran, chek printeri va chiroq relesi bilan.
Luzamap TV
PS televizori va karaoke xonasi uchun: vaqt ochilmaguncha va vaqt tugaganda ekranni bloklaydi, taymer va ogohlantirish ko'rsatadi.
Game klub · WindowsLuzamap PC
O'yin kompyuterlari uchun: vaqt ochilmaguncha qulf, burchakda taymer, o'yinlar menyusi, bardan buyurtma va adminni chaqirish.

@LuzaMapbot
Bugungi tushum, bronlar va har kecha hisobot — Telegram'ning o'zida. Bronni bir bosishda tasdiqlaysiz.
Savolingiz bormi? Yozing — javob beramiz.
Telegram · @luzamapKo'p beriladigan savollar
Ilova pullikmi?
Yo'q. Joylarni ko'rish, bron qilish va buyurtma berish bepul.
iPhone'da ishlaydimi?
Ha: luzamap.uz/app brauzer versiyasi yoki Telegram'dagi @LuzaGobot. Brauzer versiyasini bosh ekranga qo'shib, ilova kabi ochish mumkin.
Futbol maydonini qanday bron qilaman?
Maydonni tanlang, kun va soatni belgilang, jamoa nomi va o'yinchilar sonini yozing. «Har hafta shu vaqtda» belgisini qo'ysangiz, keyingi haftalar ham band qilinadi.
Fitnes zalda ilova nima beradi?
Abonementingiz va qolgan kunlar, «Keldim» tugmasi, zalda hozir necha kishi borligi, darslar jadvali va 74 ta mashq texnikasi: mushak guruhlari, «mushak / ozish / uyda / kuch» filtrlari, tayyor rejalar va mashq daftari.
Ma'lumotlarim kimga ko'rinadi?
Ismingiz va telefoningizni faqat siz bron qilgan klub ko'radi. Batafsil — maxfiylik siyosatida.
Klub uchun qancha turadi?
Ulash va sozlash bepul, 14 kun bepul sinov. Keyin ikki usuldan birini tanlaysiz: tushumdan 5% yoki qat'iy oylik tarif (masalan, 1 bilyard stoli — oyiga 50 000 so'm). Aniq summani «Narxlar» bo'limidagi kalkulyatorda hisoblang.
Qaysi turdagi klublarga mos?
Bilyard, PlayStation, game (kompyuter) klublar, futbol va futzal maydonlari, stol tennisi, VIP va karaoke xonalar, fitnes zallar. Bir klubda bir nechta yo'nalish bo'lishi mumkin.
Kompyuterda ishlaydigan versiya bormi?
Ha, Luzamap Admin Windows uchun: zal xaritasi, Bar/Kassa, hisobot va smena katta ekranda, chek printeri va chiroq relesi bilan. Telefon va kompyuter bir xil ma'lumotni bir vaqtda ko'radi.
Game klub kompyuterlarini qulflash mumkinmi?
Ha. Har kompyuterga Luzamap PC o'rnatiladi: vaqt ochilmaguncha ekran qulf, burchakda taymer, o'yinlar menyusi, bar va admin chaqirish. Internet bo'lmasa ham kassa bilan mahalliy tarmoq orqali ishlaydi.
Chiroqni avtomatik boshqarish uchun nima kerak?
Har stol chirog'iga Wi‑Fi rele (Sonoff, Shelly) yoki bitta 8 kanalli ESP32 qutisi va elektrik. Ilova rele turini o'zi aniqlaydi.
Internet uzilib qolsa-chi?
Taymerlar va kassa ishlashda davom etadi. Yuborilmagan yozuvlar internet qaytishi bilan o'zi yuboriladi.
Ma'lumotlarim xavfsizmi?
Har kassir o'z login-paroli bilan kiradi, har amal jurnalda, yangi qurilmadan kirilsa Telegram'ga xabar keladi.


